"Istiqlol" Masharipovning pullarini bermayaptimi? Klub rahbari javob berdi

  • 17 dekabr, 2024, 13:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Jaloliddin Masharipov hozirda Eronning "Istiqlol" jamoasida harakat qilmoqda. Futbolchi muntazam ravishda chempionat va Elit Chempionlar ligasi o‘yinlarida qatnashib kelyapti. 

Tecno

"Varzesh3.com" nashri xabariga ko‘ra, "Istiqlol" ayni damda futbolchiga shartnomasidagi pullarni bermay kelmoqda, aniqrog‘i qarz. Klub bosh direktori Farshid Samiei esa buni quyidagicha izohladi: "Oxirgi kunlar ichida banklar ishlamadi va shu sabab bir qator muammolar yuzaga keldi. Omonatlar bilan bog‘liq muammomiz yo‘q. Har bir futbolchi bor ishtiyoqi bilan o‘ynayapti. Ularga minnatdorlik bildiraman. Biz ham burchimizni bajaramiz", - dedi Samiei.

Eslatib o‘tamiz, bu mavsum "ko‘klar"ning ishlari yaxshi emas. Jamoa Eron Pro-liganing 12-turidan so‘ng 15 ochko jamg‘arib, 8-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!