Isroil Madrimov jangini SPORT TV da tomosha qiling

  • 29 fevral, 2020, 19:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda birinchi o‘rta vazn toifasi WBA reytingida 3-o‘rinni egallab turgan Madrimov ertaga tongda AQShning Fresko shahrida reytingning 10-pog‘onasidan joy olgan Charli Navarroga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jangni SPORT TV kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin. Translyatsiyani erta tong 05:00 dan kuzatib borishni maslahat beramiz. Sababi, anderkard janglari Toshkent vaqti bilan tongi 5:00 dan start oladi. Janglar tartibida o‘zgarish bo‘lishi mumkin ammo Isroil Madrimov tahminan 4 yoki 5-juftlikda ringga ko‘tariladi. Avvalgi to‘qnashuvlar erta yakunlansa, biz kutgan voqeylikka ham tezroq navbat keladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!