
Isroil Madrimov haqida jahonning eng mashhur nashri tomonidan ajoyib maqola chop etildi (davomi)
Jang haftasi davomida ESPN bokschining tayyorgarlik jarayoni, hususan jamoaviy ovqatlanish, kechki mashg‘ulotlar, vazn o‘lchash va "Ford Center"dagi jangi kuzatib borildi.
Chorshanba. 15:27.
Jangga bag‘ishlangan media-tadbir. Madrimov o‘zining ajoyib kostyumi sabab "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirndan iliq so‘zlarni qabul qilib olmoqda.
18:59.
Dias va Madrimov mashg‘ulot o‘tkazish uchun fitnes-markazda uchrashishdi. Bu safar vazn haydashda Madrimov u qadar qattiq ishlagani yo‘q. Diasning aytishicha, bokschi ushbu haftaga kelib o‘zining o‘rta vazniga tushib olgan. Ushbu kechki mashg‘ulotlar formani ushlab turish va tanada yig‘ilgan suv massasini tushirishga mo‘ljallangandi.
Dias Madrimovning Cybex mashinasida o‘tirganida Madrimovning qo‘lini ushlab olgan. Bokschining menejerlaridan biri Alik Frolov esa bu vaqtda yugurish yo‘lakchasida shug‘ullanardi.
Isroil Madrimovning kuch va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Ben Ernandes unga yordam bermoqda.
19:47.
25 daqiqalik mashg‘ulotdan so‘ng Madrimov Dias bilan ishlash uchun o‘z qo‘lqoplarini kiymoqda. Murabbiy unga jang vaqtida qay tarzda nafas olish lozimligini tushuntirmoqda.
"Navarro uzun, u asosan chap tomondan harakatlanadi", - deydi Dias. Ular ma’lum kombinatsiyani takror va takror ishlashardi.
Madrimov ishlayotganida Diaz bokschini Gennadiy Golovkin va Vasiliy Lomachenkoga qiyosladi. Uning aytishicha, Madrimov oldinga borganida murabbiyni "eb qo‘ymoqda". "Lapa" ushlaganda hech qachon boshqa bokschi bilan bunday holat yuzaga kelmagandi.
Madrimov yakka o‘zi ishlab, orada raqs ham tushib qo‘yyardi. Bu bir necha raund davom etdi. Kayfiyat shu darajada ediki, Madrimov o‘zining "tashrif qog‘ozi"ga aylanib ulgurgan saltoni ham amalga oshirardi.
"U gimnastika bilan shug‘ullangan", - dedi Dias.
Ushbu seans yarim soatlik chigalyozdi mashg‘ulot va Ernandes boshchiligida Madrimovning mushaklariga kuch beruvchi bilan yakunlandi
Birinchi kun yakunlandi.
Payshanba. 9:25.
Madrimov mashg‘ulotni yugurish yo‘lakchasidagi 30 daqiqalik yugurish bilan boshladi.
Uning jamoasi esa bir kun oldingi mashg‘ulot jarayonini tahlil qilardi. Bu orada menejer Alik va murabbiy Ben Ernandes o‘zaro bahslashib qolishdi. Hazil tariqasidagi ushbu "spor"dan so‘ng boshqa bir murabbiy Fernandes Madrimovning oldiga kelib, ertalabki chigalyozdi mashg‘ulotlarni bajarishiga yordamlashdi.
10:40
Jamoa a’zolari mehmonxonadagi o‘z xonalariga yo‘l olishdi. Imkoniyatdan foydalangan Dias esa o‘zining jangovar hususiyatlarini namoyon etdi.
Siz jang vaqtida Diazni burchakda ko‘rganingizda, alohida belgilar orqali darhol tanib olasiz. U cho‘ntaklari ko‘p kiyimda va orqasiga "Joel Diasning mashg‘ulot lageri" degan kiyimda bo‘ladi. Aslida o‘sha kiyim konchilarga mo‘ljallangan.
"Men qaerda nima borligini juda yaxshi bilaman", - deydi Dias paxtadan tortib, dorilarni ko‘rsatar ekan. Dias ushbu kiyimiga shu qadar o‘rganib ketganki, jang vaqtida qaysi cho‘ntakdan nima olish kerakligini tezkorlik bilan hal qila oladi. Ya’ni, cho‘ntak ko‘pligiga qaramay narsalarini izlab o‘tirmaydi.
"Xonamdan chiqib ketar ekanman, barcha narsa yonimda ekanligiga ishonch hosil qilishim lozim", - dedi u.
Uning yana bir narsasi bor: Fasol uchun mo‘ljallangan "Frito Lay" bankasi. Unga ushbu bankani afsonaviy Chak Bodak sovg‘a qilgan. Muz bo‘laklari jang vaqtida bokschining yuzida muammolar maydo bo‘lmasligi uchun yaxshigina foyda beradi. Uning aytishicha, ushbu idish alyumindan tayyorlanganligi uchun, muzlarni eritmay saqlab qoladi. Bu esa juda muhim.
Bodak Diasga ishni tashkil etish bo‘yicha ko‘p narsa o‘rgatgan. Dias jangga yo‘l olar ekan, uning kiyimi ham o‘zi bilan birga harakatlanadi. Cho‘ntagidagi buyumlarni yo‘lda tushirib qo‘yish yoki yo‘qotib qo‘yishga uning umuman haqqi yo‘q.
18:02
Kunning asosiy qismida dam olgan Madrimov va uning jamoasi "Omni" mehmonxnasidagi "Cobalt Room"ga etib borishdi. U erda DAZN vakillari bokschilar bilan muloqot qilib, translyatsiya paytida foydalanish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni olishmoqda.
Madrimov esa yuqoriga intilishda davom etishni istayotganini ta’kidlaydi.
"Men chempionlik jangi sari harakatlanayotganimizdan xursandman. Rosarioga qarshi jang qilishni judayam istagandim".
Intervyu bir necha daqiqa davom etdi. Bu esa translyatsiya jamoasi uchun shu vaqt etarliligi, Madrimov hozircha uzoq yo‘lning boshida ekanligini bildiradi. Lekin hali shunday vaqt keladiki, u ishtirokidagi intervyular, uchrashuvlar uzoq vaqt davom etadi.
19:03
Madrimov mashg‘ulot zaliga etib bordi. Yugurish yo‘lakchasida esa uning oldida bunday jarayonni prof boksda 50 martadan ko‘p boshidan o‘tkazgan "Chocolatito" turardi.
"Men bu erda bo‘lishim shart emas. Shunchaki murabbiy bo‘lganim va bu erda bo‘lishim kerakligi uchun shu erdaman. Isroil borasida boshqalardek havotir olmasam ham bo‘laveradi", - deydi Dias.
Madrimov erga yotdi. Ernandes massajyor bilan, Frolov esa bokschi tanasining boshqa qismlari bilan ishlab, unga yordam berishdi. Bu esa mashg‘ulot yakuniga etayotganidan darak berardi.
Shundan so‘ng barcha tarqaldi.
Juma
9:27
Madrimovning jamoasi bokschining mehmonxonadagi xonasida yig‘ilmoqda. Bokschining divanida esa o‘ziga tegishli WBA International kamari yotardi.
Och qizil rangdagi bir-hil liboslarni kiyib olgan jamoa a’zolari pastga tushib ketishdi. Vazn o‘lchash oldidan ular ushbu mavzu borasidagi bir qancha masalalarni muhokama qilishdi.
10:04
Madrimov 153,2 funt vazn qayd etdi. "Bu baquvvat nonushtadan so‘ng", - deydi Frolov.
Madrimov 147 funt vaznni ham amallay oladi. Lekin, uning jamoasi ushbu diviziondagi siyosiy muammolarni yaxshi tushunadi va chempionlik kamarini qo‘lga kiritish uchun birinchi o‘rta vaznni eng ma’qul variant deb hisoblaydi.
Dias "Star Ballroom"dan qaytgunicha, Frolov o‘zi bilan olib kelgan salatni Madrimovga berayotgandi. Orada bir necha muxlislar u bilan suratga tushgani kelishdi.
16:14
Deyarli yarim kun vaqt o‘tdi. Bokschilar tarozidan o‘tib bo‘lganliklariga qaramay, "Ford Center"dalar. DAZN o‘z tadbirlarini yakunlab olmagunicha, ular xech qaerga keta olmaydilar.
18:34
Kayfiyat joyida, barcha endi xotirjam. Jamoa kechki ovqatni tanovvul qilmoqda. Ovqatdan so‘ng Madrimov va uning jamoasi arena atrofini aylanishdi. Bunday vaqtda odatda ko‘pchilik dam olishni ma’qul ko‘radi. Ammo qon aylanishi kamaymasligi uchun Isroil faolroq bo‘lishga intiladi.
21:15
Madrimov xonasiga qaytdi. Unga mevali salat olib kelib berishdi. Vazn o‘lchash marosimi ertalab o‘tib bo‘ldi, shu sababli bokschilar kun davomida istaganlaricha narsalar eyishligi mumkin.
"Bu kun davomida eyilgan ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Bokschilar bir necha hafta davomida qiynalib vazn tashlaganlari uchun, tarozidan so‘ng ko‘p ovqat eb yuboradilar. Bu esa oshqozon tizimida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Biz ertalabgacha barchasi joyida bo‘lishini istaymiz.
Endi faqat bir narsa qoldi - jang qilish!
Shanba
15:27
Sokinlikda o‘tgan kunning birinchi yarmidan so‘ng Madrimov va uning jamoasi "Ford Center"ga yo‘l olmoqda. Ular brasletlar olish uchun borishdi. Bu orqali sportchilar arenaga kira olishlari mumkin.
Dias va Madrimov o‘zlari uchun belgilangan kiyinish xonasiga etib kelishdi. Borishganida Diego Pacheko endi etib borgan ekan. Biroz o‘tib ularga Yafai va Xarris ham qo‘shildi. Dias u erda o‘zlari uchun ma’qul joyni tanlab oldi.
Dias idishni muz bilan to‘ldirdi va bir necha shisha idishda suvlar oldi.
"Bizga o‘zimiz bilan muz va suvlarni olib kelishga ruhsat berishmaydi", - deya holatga izoh berdi Dias.
Murabbiy turli idishdagi suvlarni turli haroratda saqlardi. Ulardan biri maxsus muzlatilgandi. "Agar bokschim jarohat olsa, uni "uyg‘otib yuborish" uchun boshi va bo‘yniga qo‘yaman".
15:59
Madrimov - musulmon va kuniga bir necha marotaba ibodat qiladi. U o‘z joynomozini oldi va namoz o‘qishni boshladi.
Bir necha daqiqadan so‘ng nazoratchi qo‘lida ikkita bo‘sh idish bilan kelib, Madrimovdan doping tekshiruv uchun namunalar berishni so‘radi.
16:06
Dias Madrimovni tayyorlamoqda. Orqada esa Pachecho shug‘ullanmoqda. Madrimov jamoasining kayfiyati yaxshi.
Xonaga Texas sport komissiyasi plastik paketga solingan Grant qo‘lqoplari bilan kirib keldi. Madrimov jang vaqtida aynan ushbu qo‘lqoplardan foydalanadi. Dias ularga "qurollar" deb ta’rif berdi. Raqib ushbu qo‘lqoplarni bog‘lashayotgani haqida xabar berishganida, Dias ko‘rish uchun Navarroning kiyinish xonasiga yo‘l oldi.
16:18
Madrimov DAZN jurnalisti Klaudiya Trejesga intervyu bermoqda. Dias qaytdi va Navarroning qay tarzda qo‘li bog‘langani haqida Frolovga gapirdi.
16:33
Dias ehtiyotkorlik va diqqat bilan Madrimovni qo‘lini bint bilan bog‘lamoqda. Bu uzoq yillik tajribadan so‘ng san’at asariga aylanib bo‘lgandi. Bu vaqt ichida Dias ora-orada "Barchasi joyidami?" degan savolni berib qo‘yardi.
Ushbu jarayonni inspektor Arturo Martines va Navarroning vakili ham kuzatib turardi.
Qo‘l Diasdek tajribali murabbiy tomonidan bog‘langanida, u qurol kabi bo‘ladi. Ammo bu mas’uliyatli jarayon - har bir qadam qo‘lni himoyasini ta’minlaydi.
16:44
"Bizda yana 30 daqiqa qoldi", - dedi Dias.
16:49
"Bizda 20 daqiqa bor", - deya Dias xonadagilarni ogohlantirdi. Madrimov qizib olish mashqlarini boshladi, xonada sakray boshladi, temp va tezlikka ishladi.
17:06
Dias Frolov va Ernandesni chaqirib, ring burchagida bajariladigan ishlar bo‘yicha topshiriqlarni berdi. Unga ko‘ra Alik shvabrani oladi, Ernandes esa gongdan so‘ng stulni chiqarishga javobgar. Bu vaqtda Dias bokschining chap tomonidan ringga tushib oladi.
Frolov Madrimovning tanasiga engil vazilin sura boshlaydi.
17:27
Madrimovni oldiga qo‘lqoplarni tekshirgani kelib ketishdi.
"Biz keyingisi", - dedi Frolov. Xonadagilar huddi bosim ostida edilar. Chunki, istalgan vaqt ularni ringga chaqirib qolishlari mumkin edi.
17:45
Dias Madrimov bilan tezkor harakatlar bo‘yicha ishlamoqda. Zarbalar natijasida chiqayotgan ovoz devorlardan aks-sado sifatida qaytib kelardi.
18:08
"Taxminan ikki daqiqadan so‘ng chiqamiz", - degan xabar keldi DAZN prodyuseridan.
Jamoa arenaga chiqish joyiga etib keldi. U erda kameralar va qo‘riqchilar turishardi. Madrimov esa o‘zi uchun belgilangan joyga o‘tib bordi.
18:20
Birinchi raund boshlandi. Madrimov harakatda. Oradan bir daqiqa o‘tib u chap qo‘l hujumga o‘ta boshladi. Navarroga zarbalar berildi.
"Good work" (Yaxshi ish) dedi Dias bokschi birinchi raunddan so‘ng o‘z burchagiga qaytib kelar ekan. Yodda tut - fint, fint va zarba.
18:39
Oltinchi raund oldidan Madrimov stulga o‘tirar ekan, Dias so‘radi: "O‘zingni yaxshi his qilyapsanmi?". Frolov esa unga quyidagi so‘zlarni etkazdi: "U boshqa istamaydi. Zarbalarni ber. U boshqa urushishni istamayapti. Boshla Isroil. Tugatib qo‘y, kettik!".
Dias Madrimovga suvni berar ekan shunday dedi: "Ishga kirishamiz".
18:41
Madrimov oltinchi raundni chap qo‘l harakati va to‘g‘ri zarbalar bilan boshladi. Nihoyat raundga 55 soniya qolganida Navarro kuchli zarbani o‘tkazib yubordi. Og‘riq qanday bo‘lgani Navarroning yuzida aks etardi. Lekin, u oyoqqa tura oldi. Bir necha soniyadan so‘ng o‘tkazilgan keyingi zarbada esa u yiqildi va Ramos jangni to‘xtatdi.
Madrimov esa ring markaziga borib, o‘zining ajoyib saltosini ko‘rsatdi. Navarro Madrimovga tajriba to‘plashda yordam berdi.
Diasning aytishicha, bu Golovkin va Lomachenkoning kombinatsiyasi. Shuningdek, Terens Kroufordning uslubidan ham nimalardir bor. Bundan tashqari u Emanuel Avgustusni ham eslab o‘tdi.
18:51
Kiyinish zonasiga qaytgandan so‘ng, Dias Madrimovning qo‘lini bo‘shatdi.
Xonaga promouter Eddi Xirn kirib keldi va Madrimovni ushbu ajoyib chiqish bilan tabrikladi. U Isroilga yozda O‘zbekistondagi jang oqshomida, Murodjon Ahmadalievning himoya jangida ham ringga chiqishi mumkinligi haqida gapirdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar