Ispan klubi Rakitichni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 30 aprel, 2020, 21:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vilyarreal" "Barelona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida klub prezidenti Fernando Roig Cope nashriga intervyu chog‘ida ta’kidlab o‘tdi.

Tecno

"Rakitich menga yoqadi, agar u keyingi yil tarkibimizga qo‘shiladigan bo‘lsa, eshiklarmiz u uchun ochiq", - deydi Roig.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Rakitich "Barsa"dan faqat "Sevilya"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘z navbatida kataloniyaliklar xorvatiyalikni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun uni kelasi transfer oynasidayoq transferga qo‘yishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!