
Ispan grandi: Xolandni olmasak bo‘lmaydi!
“Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida katta transferga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Kataloniyaliklar kelasi yoz uchun “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni asosiy transfer nishoni sifatida belgilad. Bu haqda Sport.es sayti ma’lumot tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta jamoaning uy arenasi “Kamp Nou”ning rekonstruktsiyadan keyin ochilishi munosabati bilan Erling Xolandni transfer qilishni rejalashtirgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki norvegiyalik hujumchining “shaharliklar” bilan uzoq muddatli shartnomasi bor.
Bundan tashqari, tomonlar ayni paytda yangi bitim bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Fikrlar