
Ispan grandi: Xoland kelamasa, o‘rniga ikkita to‘purar olamiz!
“Barselona” kelasi yoz hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida katta transferlarga qo‘l urishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Kataloniyaliklar asosiy nishon sifatida “Manchester Siti”dan ketishi mumkin bo‘lgan Erling Xolandni belgilagan.
Biroq bu transferning amalga oshmay qolish ehtimoli juda katta. Chunki “Manchester Siti” o‘z to‘purarini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Qolaversa, Xolandga PSJ va “”Real” kabi grand klublar ham jiddiy da’vogarlik qilyapti.
Sun Sport nashri kataloniyaliklar Xoland transferi o‘xshamagan taqdirda boshqa ikki forvardni olishga harakat qilishini yozmoqda. Unga ko‘ra, “Barselona” Angliya Premer-ligasida o‘ynayotgan Aleksandr Isaak (“Nyukasl”) va Darvin Nunes (“Liverpul”) kabi to‘purarlarni kuzatadigan bo‘lyapti.
Kataloniyaliklar 25 yoshli har ikki hujumchining transferi uchun 65-75 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar