Islom Maxachev: "Tsarukyanni muddatdan avval engishim mumkin, sababi..."

  • 19 dekabr, 2024, 14:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vaznda UFC chempioni (70 kg) rossiyalik Islom Maxachev hamyurti Arman Tsarukyan bilan bo‘lajak revansh haqida gapirdi .

Tecno

“Arman bilan birinchi jangimda undan nima kutishni bilmasdim. Shu bois o‘sha bahs men uchun qiyin kechgandi. Ammo endi uning nimalarga qodirligini bilaman. Menimcha, Tsarukyanni muddatdan avval engishim mumkin. Sababi Charlz Oliveyra ham uni deyarli har bir raundda bo‘g‘ishga imkon topgan, biroq unumli foydalana olmagandi. Men esa bunday imkoniyatlarni qo‘ldan chiqarmayman" - deya Islomning so‘zlarini keltirdi "ESPN".

Eslatib o‘tamiz, Maxachev (26-1) va Tsarukyan (22-3) o‘rtasidagi revansh 18 yanvar kuni Los-Andjelesda, "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!