
Islom birdamlik o‘yinlarining medallari taqdim etildi (FOTO)
Xabaringiz bor, joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak musobaqada jami 483 ta medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi.
Bugun Turkiya mezbonligidagi musobaqaning medallari rasman e’lon qilindi. Uning old tomonida musobaqa ramzi, qayta tug‘ilishni ifodalovchi meram guli, Saljuqiylar ramzi bo‘lgan 8 qirrali yulduz va unumdorlikni ifodalovchi bug‘doy boshoqlari; orqa tomonida esa Xalqaro tashkilot logotipi tasvirlangan. Ishonamizki, O‘yinlar davomida hamyurtlarimiz bunday medallarni ko‘plab qo‘lga kiritishadi.
Fikrlar