
Islam Maxachev: "Pereyra kamarni bo‘shat, Ankalaev kelmoqda"
Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev hamyurti Magomed Ankalaevni "UFC 308" dagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
"Aleks Pereyra, kamarni bo‘shatib qo‘y. Unga munosib nomzod bor. Bu - Ankalaevdir. Magomed, siz haqiqiy chempionsiz. G‘alabangiz bilan tabriklayman", - dedi dog‘istonlik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan "UFC 308" turnirida Ankalaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Aleksandr Rakichni mag‘lub etdi.
Fikrlar