
Ishonish qiyin, ammo Xorvatiya 24 yildan beri pley-off bosqichining asosiy vaqtida g‘alaba qozonmayapti
Xorvatiya terma jamoasi so‘nggi bor 24 yil avval JCh pley-off bosqichining asosiy vaqtida g‘alaba qozongan.
Dalich shogirdlari JCh-2022 nimchorak final bosqichida Yaponiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.
Rossiyadagi mundialda ham xorvatlar 1/8 va 1/4 finalda Daniya hamda Rossiyani penaltilar seriyasida engib, yarim finalda Angliyani qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etgan.
Bungacha Xorvatiya oxirgi marta 1998 yili pley-offda asosiy vaqtda g‘alaba qozongan. O‘shanda jamoa uchinchi o‘rin uchun bahsda Niderlandiyadan 2:1 hisobida ustun kelgan.
Fikrlar