Ishkalga aralashgan mashhur futbolchini terma jamoadan ham, klubdan ham chetlatishmoqchi

  • 12 iyul, 2024, 10:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

AQShdagi Amerika kubogi musobaqasida “Liverpul” va Urugvay terma jamoasi forvardi Darvin Nunes ko‘ngilsiz voqeaga aralashib qoldi.

Mashhur hujumchi o‘zini haqorat qilgan kolumbiyaliklar muxlislarga stul uloqtirdi.

Daily Mail nashrining ta’kidlashicha, musobaqa tashkilotchisi bo‘lgan KONMEBOL tashkiloti futbolchining harakatlariga huquqiy baho berib, uni jazoga tortmoqchi. Jazo Nunesni uzoq muddatga xalqaro uchrashuvlardan diskvalifikatsiya qilish bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, bu holat FIFA tomonidan ham o‘rganib chiqilishi va diskvalifikatsiya klub miqyosida ham qo‘llanilishi mumkinligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!