Isak "Nyukasl"dan ketishga qat’iy qaror qildi

  • 12 avgust, 23:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25 yoshli shvedtsiyalik hujumchi Aleksandr Isak "Nyukasl"ni tark etish niyatida. "The Times" nashrining xabariga ko‘ra, u so‘nggi uch yil davomida yashab kelgan Angliyaning shimoliy-g‘arbidagi uyini ham tark etgan.

Tecno

Manbalarga ko‘ra, Isak "Liverpul"ga o‘tishi amalga oshmasa ham, "Nyukasl" safida qolishni rejalashtirmayapti.

Avvalroq OAV "Liverpul" Isak uchun 110 million funt (taxminan 127,5 million evro) taklif qilgani, ammo "Nyukasl" bu taklifni tezda rad etgani haqida xabar bergan edi. Mersesaydliklar hozircha ikkinchi taklifni yo‘llagani yo‘q.

Newcastle player Alexander Isak wearing sunglasses arrives at the ground prior to the Premier League match between Newcastle United FC and Everton FC...

Eslatib o‘tamiz, Isak "Nyukasl" tarkibida 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va 11 ta golli pas bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!