Iroq MTJ bosh murabbiyi: Raqibning himoya chizig‘i haqida ularning murabbiyi gapirgani ma’qul

  • 29 mart, 2021, 20:23
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston va Iroq termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanining ilk qismida Iroq termasi bosh murabbiyi bellashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Haqli tarzda g‘alaba qozondik. Raqibni o‘rganib chiqqanimizda himoyada muamolar borligini bilgandik. Yarim himoya va hujum ancha kuchli edi. Ayniqsa, Jaloliddin Masharipovni to‘xtatish qiyin bo‘ldi. Uni yopib qo‘yishga harakat qildik. O‘ylaymanki, biz buni uddaladik. Agar uni erkin qo‘yganimizda, u bir vaziyat bilan hujumchilarni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yuborishi mumkin edi.

To‘g‘ri, arab futboli vaqtni cho‘zadi. Ishoning, biz bugun unday qilmadik. Milliy chempionatimizni kuzatsangiz, bunday vaziyatlarga duch kelasiz. Bu qaerdan kirib kelganini bilmayman. Men hech qachon futbolchilarimga bunday qilishlarini buyurmayman.

Raqibning himoya chizig‘i? Bu haqda men gapira olmayman. O‘zbekiston bosh murabbiyi gapirgani ma’qul. Futbolchilarim raqib himoyasiga yaxshigina muammo to‘g‘dira oldi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
29/03/2021 22:07
Машқда қиен бўлди мана мағлубият. Энди иншооллоҳ жангда ЖЧ саралашида осон бўлар. Бугун Ироқ бизга бор камчиликларимизни кўрсатиб берди. Мухими мураббийлар керакли ҳулосаларни чиқаришса бўлгани.
&
Турсун Ғани
29/03/2021 22:01
Арабларга имкон бериб 1-бўлиб битта гол ўтказилса бизнинг йигитларнинг ўйини тамом бўлади, ўлади ўйин, чиқмайди ўйин. Япон ва Коресларда ундай эмас улар вазиятдан чиқиб кета олади. Чунки уларда ирода, интилиш кучли тартиб қоидалари бор. Улар аксар ҳолларда биринчи бўлиб голни уриб олади. Бизни жамоаларга ўхшаб ўзини балога қуйиб ўтирмайди арабларни вақт чўзишга имкон бермайди улар. Арабларга вақтни чўзиш отамерос бўлиб қолди. Улар доимо бу ишини бизнинг жамоаларга қила олади. Бизникилар бунга имкон беради.
solijon bobokulov
29/03/2021 20:55
1992 yil Terma Jamoa tashkil etilgandan beri biron oyinni qoldirmay ko'raman. Baloyam o'zgarmagan. Jonga tegdilaring
Birodar Parpiyev
29/03/2021 20:40
BIzning o'zimiz bizga himoyaviy o'yin kerakmas. Hujum kk dedik. Mana oqibati
&
lochinlar navbahor
29/03/2021 20:28
Bizda oldin milliy chempionatdagi karupsiani yoqotish kerak