
"Inter"ning yangi ustozi yurak xurujiga uchragan Eriksen haqida gapirdi
"Inter" klubining yangi bosh murabbiyi Simone Indzagi jamoaning daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksen haqida gapirdi.
“Evropa chempionatidan oldin Eriksen bilan gaplashdim. Men unga ishonardim. "Inter" Chalxano‘g‘ludek muhim futbolchini sotib olib, ajoyib transferni amalga oshirdi.
Eriksenning qaytishga vaqti bor, biz uni quchoq ochib kutamiz”, - dedi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Evropa chempionatining dastlabki o‘yinida Daniya terma jamoasi Finlyandiya bilan o‘ynadi (0: 1). Uchrashuvning birinchi bo‘lim oxirida Eriksen kutilmaganda maydonga quladi. Keyinchalik shifokorlar uning yurak xurujiga uchraganini aytishdi. Hozir u o‘z uyida va tiklanish bosqichida.
Fikrlar