
"Inter"ning sobiq futbolchisi "Spartak"ga o‘tishi mumkin
Moskvaning "Spartak" klubi italiyalik himoyachi Esekel Skelottoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, moskvaliklar erkin agent hisoblangan 31 yoshli futbolchiga taklif yuborgan. Unga "Beshiktosh"dan ham qiziqishlar bor.
Skelottoning so‘nggi jamoasi "Brayton" bo‘lgan edi. U o‘tgan mavsum 32 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta golga assistentlik qildi. U bundan tashqari "Banfild", "Chezena", "Atalanta", "Kataniya", "Inter", "Sassuolo", "Parma", "Kevo" va "Sporting" klublarida to‘p surgan. Italiya terma jamoasida esa 1 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar