"Inter" "Yuventus" bilan futbolchi almashtirishni xohlamadi

  • 11 may, 2019, 09:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Inter" forvardi Mauro Ikardini qo‘lga kiritishga urunib ko‘rdi.

Tecno

Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 26 yoshli argentinalik futbolchi evaziga “neradzurrilar”ga o‘zining braziliyalik futbolchisi Duglas Kostani almashtirishni taklif qilgan. Biroq, ushbu taklif milanliklarga ma’qul kelmagan. Ular Ikardini 80 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum 34ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol va 5ta assistga mualliflik qildi. 25ta uchrashuvda ishtirok etgan Kosta esa o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!