
"Inter" va "Galatasaroy" yarim himoyachi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
"Inter" va "Galatasaroy" Xakan Chalxanogluning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.
Avvalroq, turkiyalik yarim himoyachi va uning jamoadoshlari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 finalida "Inter"ning "Fluminense"ga (0:2) mag‘lubiyatidan so‘ng Lautaro Martines shunday degan edi: "Qolishni istasangiz - qoling, istamasangiz - keting."
Klub prezidenti Beppe Marotta Lautaro, ehtimol, Chalxanogluga murojaat qilganini aytdi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu vaziyatni hal qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
Xakan 2021 yildan beri "Inter" safida o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda 31 yoshli yarim himoyachi klub uchun barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar