"Inter" tajribali futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi

  • 15 iyul, 2020, 07:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" darvozabon Samir Xandanovich va himoyachi Danilo D′Ambrozio bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib oldi.

Tecno

"Neradzurrilar" 36 yoshli sloveniyalik golkiper va 31 yoshli italiyalik himoyachi bilan 2022 yilgacha mo‘ljallangan kelishuv imzoladi.

Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, klub yaqin vaqtlar ichida shartnoma haqida rasmiy e’lon qilishi kutilmoqda.

Xandanovich va D′Ambrozioning klub bilan amaldagi kelishuvi 2021 yil iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!