"Inter" rahbariyati katta maqsadlar bilan Madridga yo‘l olmoqda

  • 15 aprel, 2022, 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" yozda "Real" va "Atletiko" bilan uchta transferni amalga oshirmoqchi, deb xabar bermoqda Corriere Dello Sport.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, "neradzurrilar" rahbarlari kecha "qaymoqranglilar" va "matraschilar" bilan muzokara o‘tkazish uchun Madridga borishgan.

Qayd etilishicha, ular “Real” bilan yarim himoyachi Dani Sebalos va hujumchi Luka Yovichning transferi bo‘yicha kelishib olishmoqchi, “Atletiko” bilan esa Paulo Dibala kelsa, “Inter”ni tark etishi mumkin bo‘lgan Lautaro Martinesning transferi bo‘yicha muzokaralar olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Real" va "Betis" o‘rtasida Sebalosning 12+5 million evro ko‘rinishidagi transferi borasida kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!