
"Inter" prezidenti klubning asosiy futbolchisi bilan xayrlashishini tasdiqladi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 1/8 final paytida "Fluminense"dan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Inter"da katta shov-shuv yuzaga keldi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa sardori Lautaro Martines ayrim jamoadoshlar etarlicha kayfiyatda bo‘lmaganini ochiq tanqid qilgan edi.
Klub prezidenti Juzeppe Marotta esa bu borada yanada qat’iy bayonot berdi:
"Lautaroning so‘zlari Xakan Chalxanog‘luga qaratilgan edi. Biz u bilan gaplashamiz. Agar ketish imkoniyati bo‘lsa — biz bunga qarshilik qilmaymiz" — deya Marottaning so‘zlarini keltiradi "The Touchline".
Insayderlarga ko‘ra, Chalxanog‘lu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati boshlanishidan avvalroq "Galatasaray" bilan kelishuvga erishgan. Biroq, uning transferi amalga oshmay qolgan edi.
Fikrlar