"Inter" MYuda zaxirada qolib ketgan himoyachini ijaraga olmoqchi

  • 29 yanvar, 2023, 20:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, "Inter" "Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyofga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi rahbariyati 28 yoshli shvetsiyalik futbolchini shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan va PSJga o‘tishga yaqin turgan Milan Shkrinyarga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Di Martsioning aytishicha, "Inter" Lindelyofni sotib olmoqchi, ammo "Manchester Yunayted" kelishuvga rozi bo‘lishi qiyin bo‘ladi. Agar Italiya klubi ten Xag shogirdini qo‘lga kirita olmasa, rahbariyat e’tiborini "Fiorentina" futbolchisi Nikola Milenkovichga, shuningdek, "Roma"da to‘p tepayotgan Kris Smollingga qaratadi.

Lindelyof joriy mavsumda "qizil iblislar" safida 14 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali Shvetsiya terma jamoasi futbolchisini 15 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!