
"Inter" MYu futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi
Tuttomercato nashri xabariga ko‘ra, "Inter" markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytish uchun nomzodni APLdan topdi.
"Ko‘K-qoralar" rahbariyati Arturo Vidalni qo‘lga kiritish imkoniyati qiyinligini bilgan holda, Nemanya Matich nomzodini ko‘rib chiqmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli serbiyalik "Inter" uchun 10 million evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq yarim himoyachi uchun "Milan" va "Atletiko" klublari ham da’vogarlik qilayotgan edi.
Fikrlar