
"Inter" Lukman bo‘yicha rasmiy yubordi. Natija esa ...
"Inter" klubi "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman uchun ilk rasmiy taklifini yubordi.
"Sky Sport" nashrining xabariga ko‘ra, milanliklar telefon orqali olib borilgan muzokarada futbolchi uchun 40 million evro taklif etdi.
Biroq, bergamoliklar ushbu summaga rozi bo‘lmadi. Shu bilan birga, "nerrazirrilar" futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan va to‘lovni oshirish niyatida.
Italiya klubidan tashqari, Evropa bir necha grand klublari ham nigeriyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirib, kurashga kirgan. Jumladan, Ispaniyaning "Barselona", APLning "Arsenal" va top klublari ham uning atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lukman o‘tgan mavsum A Seriyada 31 o‘yinda 15 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Fikrlar