
"Inter" Lautaroga o‘rinbosarni MYudan topdi
Gazzetta dello Sport, "Inter" yozda klubni tark etishi kutilayotgan Lautaro Martines uchun munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi deya xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, milanliklar Martines transferidan tushgan mablag‘ni "Manchester Yunayted" forvardi Antoni Marsyalni xarid qilishga sarf qilishmoqchi. "Neradzurrilar" o‘tgan mavsumda ham frantsiyalik hujumchini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Lautaro "Barselona"ga o‘tish niyatidaligi, biroq kataloniyaliklar futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 111 million evroni to‘lay olmasligi xabar qilingan edi.
Ma’luot o‘rnida, o‘tgan mavsumda, "Inter" MYudan Aleksis Sanchesni ijaraga olgan, Romelu Lukakuni esa 75 million evroga xarid qilgan edi. Qishgi transfer oynasi vaqtida esa "qizil iblislar" sardori Eshli Yang "ko‘k-qoralar" tarkibiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar