
"Inter" kurashda yutqazdi! "Yuventus" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Torino" a’zosi Gleyson Bremer faoliyatini "Yuventus" safida davom ettiradi. Bu haqda Turin klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Transfer summasi 40 million evroni tashkil etadi. Shuningdek, 7 million evro bonus ham mavjud. U turinliklar bilan 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
"Inter" hamda "Yuventus" 25 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy kurash olib bordi. Yakunda braziliyalik o‘yinchi "Yuve" variantini tanladi.
O‘tgan mavsumda Bremer A Seriya doirasida 33 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol hamda 1 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar