
"Inter" Konte masalasini qachon hal qilmoqchi?
"Inter" klubi jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontening kelajagi borasida hozircha qaror qabul qilmadi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, jamoa prezidenti Stiven Jan italiyalik mutaxassis bilan telefon orqali gaplashgan, ammo kelajak borasida yakuniy qaror hali qabul qilinmadi.
Ma’lum qilinishicha, "Inter"ning Evropa Ligasidagi ishtiroki yakuniga etganidan so‘ng, klub rahbariyati va Konte shartnomani saqlab qolish yoki uni bekor qilish masalasini birgalikda hal etadi.
Avvalroq, Konte "Inter"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Bundan tashqari, uning "Yuventus"ga qaytish ehtimoli borligi aytilgandi.
Fikrlar