"Inter" Ikardini xorij klubiga sotmoqchi, ammo...

  • 17 may, 2019, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi forvardi Mauro Ikardi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi yanada oydinlashmoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbolchi va uning agenti Vanda Nara bundan bir necha hafta oldin “Yuventus” bilan shartnoma masalasida kelishuvga erishgan. Ular o‘rtasida tuzilgan og‘zaki kelishuvga ko‘ra Ikardi “keksa sinora” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 8 million evro maosh oladi.

Ma’lumotlarga qaraganda Ikardi “Inter” boshqaruviga Antonio Konte kelishidan xavfsiramoqda va shu sababli imkon qadar tezroq jamoadan ketmoqchi. O‘z navbatida milanliklar uni xorij klubiga sotishni xohlashmoqda, biroq futbolchining agenti uni Italiyada qolishini xohlamoqda va shu bois “Yuve”dan bo‘layotgan taklifni ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!