"Inter" Ikardini 80 million evroga ham sotib yuborishga tayyor

  • 18 mart, 2019, 17:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi yozda jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 26 yoshli argentinalik futbolchini 80 million evroga sotib yuborishga tayyor. Aytish lozimki, ayni damda Ikardi uchun "Real" asosiy da’vogar hisoblanadi. Unga shuningdek "Yuventus", "Napoli" va "Manchester Yunayted" klublaridan ham qiziqishlar bor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardiga “Napoli” va “Yuventus” klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, ikardi joriy mavsum “Inter” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!