
"Inter" hujumchisi bilan shartnoma uzaytirmaslikka qaror qildi
"Inter" hujumchi Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas, deb xabar beradi "Corriere dello Sport".
36 yoshli bosniyalikning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi jamoani erkin agent maqomida tark etishi ehtimoli yuqori.
Joriy mavsumda Jeko “Inter” safida barcha musobaqalarda 9 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, milanliklar hujumchini 2021 yilda "Roma"dan atigi 4 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikrlar