"Inter" "Atalanta"ning etakchi futbolchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 18 iyul, 11:13
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi "Atalanta"ga nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanning transferi bo‘yicha taklif yubordi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "neradzurrilar" bergamoliklarga 40 million evro taklif qildi, ammo "Atalanta" bu narxga rozi bo‘lmadi va taklifni rad etdi.

Bergamo klubi o‘z etakchilaridan birini 50 million evrodan kamiga qo‘yib yuborish niyatida emas. 27 yoshli hujumchining "Atalanta" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 60 million evroni tashkil etadi. 2024-2025 yilgi mavsumda Lukman barcha musobaqalarida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!