
"Inter" asosiy himoyachisini "Chelsi"ga sotishni istamadi
Klublar o‘rtasidagi Jaxon chempionatining amaldagi g‘olibi "Chelsi" asosiy himoyachisi Levi Kolvill jaroxat olganidan so‘ng ushbu chiziq uchun yangi variantlar ko‘rib chiqmoqda.
"Inter" himoyachisi Alesandro Bastoni londonliklar "short-list"dagi asosiy nomzod xisoblanadi. "La Gazetta dello Sport" bergan ma’lumotlarga qaraganda, "aristokratlar" 26 yoshli futbolchining o‘yinlarini kuzatib borgan va himoyachi uchun 50 million evro taklif qilgan. Biroq Italiya vitse-chempionlari ushbu taklifni rad etdi. "Neradzurilar" o‘z qalqoni uchun kattaroq summa talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bastoni o‘tgan mavsumda umumiy 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar