
Inesta: "Faoliyatimni "Barsa"da yakunlamoqchi edim"
Bir necha soat avval futbolchilik faoliyatini rasman yakunlagan Andres Inesta "Barselona"dan ketishi haqida gapirdi.
- "Barsa"dagi so‘nggi o‘yin hayotimdagi eng esda qolarli o‘yinlardan biri bo‘lib qoladi. Albatta, ketishdan oldin xayolimga turli fikrlar keldi.
Faoliyatimni "Barsa"da yakunlamoqchi edim. Biroq, klub uchun shiddat bilan o‘ynash kerak va bu endi men uchun qiyinligini his qildim. Muxlislarda ajoyib xotiralar qolgan degan umiddaman.
Men noto‘g‘ri vaqtda ketishni yoki klubda qolishim salbiy qabul qilinishini xohlamadim”, - deydi "Barselona"ning sobiq futbolchisi Andres Inesta.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi 2017-18 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng Kataloniya klubini tark etdi. Uning jamoadagi so‘nggi o‘yini La Liganing 38-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuv (1:0) bo‘ldi. O‘sha mavsumda "ko‘k-anorranglilar" muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylangandi.
Fikrlar