Indzagi "Real"ga qarshi bellashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

  • 18 iyun, 17:33
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Simone Indzagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining dastlabki turida "Real Madrid"ga qarshi o‘yin oldidan kutilmalarini baham ko‘rdi. 

- Biz, ehtimol, dunyoning eng kuchli klubi bilan o‘ynaymiz, ammo o‘z o‘yinimizdan voz kechmoqchi emasmiz. Imkoniyatlarimizni to‘g‘ri baholab, turnirga ishonch bilan yondashmoqdamiz. Klublar o‘rtasidagi JChni yorqin o‘tkazishni xohlaymiz. Klub tarkibni kuchaytirish uchun ko‘p kuch sarflamoqda. Faqatgina vaqt etishmadi, xolos. Transfer oynasi qisqa bo‘ldi, ammo mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qilamiz,- dedi "Al-Hilol"ning yangi bosh murabbiyi.

Tecno

Ma’lumot uchun, "Real Madrid" va "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 19 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!