Imkon bo‘lsa, yana Ronalduni olardim!

  • 21 aprel, 2021, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” prezidenti Andrea Anelli Turin klubi Krishtianu Ronalduni transfer qilib, xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidlayotganlarga keskin javob qaytardi.

Tecno

- Ronalduni “Yuventus”ga taklif qilishim xato ekanini o‘ylab ko‘rganmanmi? Agar ertaga yana shunday imkonim bo‘lsa, xuddi shu yo‘lni tanlagan bo‘lar edim. Jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo haqida ham pozitsiyam shunday, - dedi Anelli.

Ma’lumki, “Yuventus” portugaliyalik yulduzni Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun 2018 yilda “Real”dan transfer qilgan edi. Biroq, Ronaldu etakchiligidagi jamoa ketma-ket ikki yildan beri nimchorak finaldan o‘ta olmayapti.

Qolaversa, bu yil Andrea Pirlo boshqaruviga o‘tgan jamoa ketma-ket to‘qqiz yildan beri davom etib kelayotgan chempionlikdan mosuvo bo‘lishga yaqin turibdi.

Krishtianu Ronaldu tanqidlarga qaramay, A Seriyada 27 ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 marta aniq nishonga oldi va to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bormoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!