
Ilyos Zeytullaev: "Ideal jamoaning o‘zi yo‘q!"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan «Buxoro» - «Bunyodkor» (0:2) uchrashuvidan so‘ng g‘olib jamoa ustozi Ilyos Zeytullaev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun mavsumdagi eng qiyin o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik. Ayniqsa birinchi bo‘limda. Tanaffusda yigitlar bilan barchasini gaplashib oldik va natijada ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglay oldik. O‘yinni yutolmasang, mag‘lub ham bo‘lma deyishadi. "Buxoro" bugungi bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini isbotlay oldi.
Bugun Temurxo‘ja va Itsukining yo‘qligi sezildi. Ular jarohat olgan, shuning uchun tavakkal qilishni istamadik. Najmiddin Normurodov esa bugun jamoaga juda katta yordam berdi. Uni qaysi pozitsiyaga qo‘ymaylik jangchi sifatida jamoaga yordamga keladi.
G‘alabalar ko‘pligida muammolar ko‘rinmay qoladi. Biz bu jihat ustida ishlashimiz kerak. Birinchi bo‘limni yomon o‘tkazdik va muammolarimiz ko‘rindi. Biz ishlashda davom etishimiz lozim. Ideal jamoaning o‘zi yo‘q!".
Fikrlar