Iliya Topuriyaga engilmas jangchi qarshi chiqdi

  • 5 mart, 15:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Yarim engil vazn toifasida (65 kg) UFC reytingining to‘rtinchi raqamli jangchisi Movsar Evloev (19-0) UFC chempioni Iliya Topuriya (16-0) bilan jang qilishni istamoqda.

“Ayni paytda engil vazn toifasiga o‘tishga tayyorlanyapman. Menga chempionlik kamari kerak emas. Topuriya yarim engil vaznda mendan boshqa barchani mag‘lub etdi. Men esa undan kuchli ekanimni isbotlash uchun engil vaznga ham o‘tib, u bilan jang qilishga ham roziman" - dedi Evloev "Home of Fight".You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya tez orada engil vaznga ko‘tarilishini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!