Ilhom Mo‘minjonov: "Futbolda kam xato qilgan jamoa yutadi"

  • 13 aprel, 2022, 23:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Farg‘onaning “Neftchi” klubi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turida “Qizilqum”ni qabul qildi. Ammo “Neftchi” 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan keyin farg‘onaliklar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugungi o‘yinda juda ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratdik, yigitlarimiz ham yaxshi harakat qilishdi, ammo, gol urmasang, yutuq bo‘lmaydi. Qo‘pol hatolar evaziga bugun mag‘lub bo‘ldik. Bundan keyin Kubok o‘yinlaridagi yurishimiz ancha mushkul bo‘ladi. Endi musobaqaning navbatdagi bosqichiga chiqishimiz uchun faqat g‘alaba qozonishimiz zarur.

Etakchi futbolchimiz Lutfulla To‘raevning jarohati bor. Lekin hozirda uning pozitsiyasida Abror Ismoilov bilan Sirojiddin Qo‘ziev yaxshi o‘yin namoyish etyapti, deb o‘ylayman. Maydon markazida ishonch bilan harakatlansak, hujumda biroz oqsayapmiz va ko‘p hollarda hatolikka yo‘l qo‘yyapmiz. Futbolda esa kam xato qilgan jamoa yutadi.

Keyingi tur bahslarida asta-sekin yaxshi natijalarga erishib, chempionatimizdagi o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak”, - deydi bosh murabbiy.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!