
Ildar Mamatkazin erkin agentga aylandi
«Andijon» bir qator yo‘qotishlarga uchramoqda. Ayniqsa, jamoa etakchilari boshqa klublarga o‘tib ketmoqdalar. Jumladan o‘tgan mavsumda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga uchta gol urgan himoyachi, jamoa sardori Ildar Mamatkazinning «Andijon» bilan tuzgan shartnomasi tugagan va u endilikda erkin agentga aylandi. Shu sababli faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish niyatida. Bu borada esa u klublardan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa ham ajab emas. Tez orada uning qaysi jamoa safida to‘p surishi oydinlashadi.
Fikrlar