
Ikki nafar o‘zbekistonlik MMA vakili Braziliyada jang qiladi
Yurtimizda iste’dodli MMA jangchilari ko‘plab topiladi. Shularning sarasiga Ramazon Temirovni ham qo‘shish mumkin.
Ushbu hamyurtimiz faoliyati mobaynida GFC, Octagon, "Legion Fighting Championship", "Emperor Fighting Championship" promoushenlarida o‘z janglarini o‘tkazgan edi.
Jasur Alijonov qo‘l ostida Toshkentda mashg‘ulotlar o‘tayotgan ushbu jangchimiz hozirda Braziyaliyaning San-Paulu shahrida navbatdagi jangiga hozirlik ko‘rmoqda. U 24 sentyabr kuni aynan, Braziliyada jang qiladi.
Temirovning raqibi mezbonlar vakili "Mudino" nomi bilan mashhur Daniel Konseysao bo‘ladi. Mazkur qarama-qarshilik super engil (-56,7 kg ) vazn toifasida o‘tkaziladi.
E’tiborli jihati har ikkisi ham 5 ta jang o‘tkazib, ularning bittasida mag‘lubiyatga uchrashgan. Shuningdek, 15 sentyabr kuni yana bir o‘zbekistonlik MMA vakili Xolmurod Nurmatov ham Braziliyada oktagonga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi ma’lum emas.
Tez orada bu borada ham ma’lumot berib o‘tamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar