Ikardining agenti: Mauro bilan dunyoning eng zo‘r klublari bog‘lanishdi, ammo, u "Inter"da qoladi

  • 14 may, 2019, 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi forvardi Mauro Ikardining agenti va xotini hisoblangan Vanda Nara uning yozda milanliklar safidan ketmasligini yana bir bor ta’kidladi. Bu haqda Sportmediaset nashri xabar bermoqda.

Tecno

“OAVda Ikardining ketishi haqida xabarlar ko‘paymoqda. Men esa uning jamoada qolishini aytaverib charchadim.

Men xatto transfer derazasi ochilgan ilk kunda telefonimni o‘chirib qo‘yaman. Takliflar ko‘p. U Bilan dunyoning eng zo‘r klublari va eng zo‘r murabbiylari bog‘lanishdi. Lekin Ikardi “Inter”da qoladi”, - deydi Nara.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi yozda “Yuventus”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, argentinalik futbolchi joriy mavsum “Inter” safida A Seriyada 26ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!