Ikardi "Yuventus"ga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 13 avgust, 2019, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” hujumchisi Mauro Ikardi “Monako”, “Napoli” va “Roma” klublarining takliflarini rad etib,  “Yuventus”ga o‘tmoqchi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda 26 yoshli argentinalik futbolchi turinliklar bilan 5 yillik shartnoma va yiliga 8 mln evro maosh bo‘yicha kelishuvga erishgan.

O‘z navbatida “Yuventus” Ikardini faqatgina Mario Manjukich va Paulo Dibala kabi hujumchilarini sotib yuborgach xarid qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!