
Ikardi "Inter"dan ketmoqchi emasligini ochiq aytdi
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Mauro Ikardi o‘zining jamoadagi kelajak taqdiri bo‘yicha gapirib o‘tdi.
“Men bu erda yana ikki yil o‘ynayman va o‘z maoshimni olaman”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra taktik mashg‘ulotlardan chetlatilgan edi. Keyin esa u Shveytsariyada o‘quv-yig‘in o‘tkazayotgan “neradzurrilar” qarorgohini tark etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumot uchun, Ikardining “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning yillik maoshi esa 4,5 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar