
Igor Sergeevning "Paxtakor" - "Bunyodkor" o‘yiniga qanday aloqasi borligini bilasizmi?
Toshkent derbisida eng ko‘p gol urgan futbolchilar haqida ma’lumot taqdim etamiz.
Derbilarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi Igor Sergeev bo‘lib turibdi. Igor hozirgacha 8 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Braziliyalik Tiago Bezerra esa 5 bor "qaldirg‘ochlar" darvozasiga 5 gol urgan. Dragan Cheran va Doston Hamdamov hisobida esa 4 gol mavjud.
Hamdamov 3 golini "Bunyodkor" va bir to‘pini "Paxtakor" uchun kiritgan. Doston har ikki jamoa uchun gol urgan yagona futbolchi sanaladi.
Jamshid Iskanderov va Nurillo To‘xtasinov esa 3 tadan to‘p muallifiga aylangan.
"Bunyodkor" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
8 - Igor Sergeev
5 - Tiago Bezerra
4 - Doston Hamdamov, Dragan Cheran
3 - Jamshid Iskanderov, Nurillo To‘xtasinov.
“Paxtakor” matbuot xizmati.
Fikrlar