
Igor Litovka: "Yig‘indagi ilk o‘yinni bunday jamoa bilan boshlash juda qiziqarli"
“Andijon”ning Antaliyadagi yig‘ini doirasida Janubiy Koreyaga qarshi ilk nazorat bellashuvida darvozani qo‘riqlagan Igor Litovka o‘z taassurotlarini quyidagicha izohladi:
“Yig‘indagi birinchi o‘yinni bunday jamoa bilan boshlash juda qiziqarli. Ular bu erda anchadan buyon yaxshi tayyorgarlik ko‘rishibdi. Lekin biz ham yomon boshlamadik, durang natija qayd etdik.
Bunday yaxshi jamoa bilan yomon natija emas. Gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi, lekin hozir asosiysi, natija emas, balki yaxshi tayyorgarlik. Boz ustiga kerakli yuklamalar olmoqdamiz. Saviyali futbol namoyish etdik”, - deydi Litovka.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar