Ibrahimovich, Ronaldu, Gasperini yoki Gattuzo! Ularning qay biri EChLsiz qoladi?

  • 24 mart, 2021, 08:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Musobaqa yakuniga 10 tur qolgan bir paytda, «Milan», «Yuventus», «Atalanta» va «Napoli» Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashga qo‘shildi. «Roma» «o‘yindan» chiqqanini allaqachon tan olgan. Rimliklar endi bor e’tiborini Evropa Ligasiga qaratishi aniq. Xo‘sh, ayni damda klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun  Italiyada qaysi klublarda imkoniyat yaxshi? Bugun shu haqida batafsil.

Tecno

«Milan»

ad1

«Rossonerilar» mehmonda «Fiorentina»ni enggach, yo‘llanma uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi. Stefan Pioli nafaqat EChL, balki chempionlik uchun kurashmoqchi ekanligini bir necha bor ta’kidlab o‘tdi. Shunga qaramay, «rossonerilar»ning imkoniyatlari murabbiy chamalaganidan ancha pastroq. Klub o‘z o‘yinlarining barchasini g‘alaba bilan yakunlasa ham, chempionlik uchun kurashdan chiqib ketishi mumkin. Agar jarohat olganlar pand bermasa, Pioli shogirdlari oldiga qo‘yilgan minimum vazifani uddalay oladi.

E’tiborlisi shundaki, «Milan» raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z hujumkorligini unutmayapti. Agressiv pressing va ochiq futbol. Afsuski, vaziyatlardan foydalanish borasida muammo mavjud. Shu bois, «Napoli»ga qarshi teng o‘tgan o‘yin alamli mag‘lubiyatga olib keldi.

Taqvim borasida ham «Milan»ga havas qilib bo‘lmaydi. «Latsio» va «Sassuolo» oldinda kutib turibdi. Mavsum so‘nggida «Yuventus» va «Atalanta»ga qarshi maydonga chiqib kelish lozim. Agar shu o‘yinlarda 3 ochkodan jamg‘arilsa, «Milan»da EChL yo‘llanmasini naqd qilish imkoni bor.

«Yuventus»

ad2

Qandaydir bir hafta ichida Turin klubi chempionlik uchun imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Avvaliga «Portu» darvozasini ishg‘ol qilishda oqsagan jamoa keyinroq elitada qolish uchun kurashayotgan «Benavento»dan engildi.

Achinarlisi shundaki, Turin klubi imkoniyatlardan foydalanish borasida to‘liq Ronalduga qaram bo‘lib qoldi. Morataga barqarorlik etishmayapti. Bu esa, Krishga bo‘layotgan bosimning oshib ketishiga olib keladi.

«Benavento»ga qarshi o‘yinda Krishtianu 9 bor raqib darvozasiga zarba yo‘lladi, ammo gol kiritish nasib etmadi. Oqibatda, turinliklar ochko ishlay olmadi.

Shunga qaramay, Pirlo klubni EChL yo‘llanmasi uchun asosiy da’vogarga aylantirishi aniq. Vaziyatlarni ko‘kka sovurishni inobatga olmasa, qolgan hamma aspektlarda «Yuve»da muammo yo‘q. Jismonan futbolchilar super formada.

Pirlo jamoasi ochiq futbol ko‘rsatuvchi klublarga qarshi o‘yinlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatsada, «avtobus»lar bilan uchrashuvlar juda o‘gir o‘tmoqda. «Benavento» va «Portu» butun o‘yin davomida yo‘llagan zarbalari soni Ronalduning urinishlari sonidan kamroq. Chempionlik uchun kurashda «Inter»ga etib olish qiyin bo‘ladi. Ammo umid bor. «Yuve»ni oldinda «Milan», «Napoli» va  «Atalanta»ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Asosiy raqiblarni zararsizlantirish orqali yuqoriga chiqib olish mumkin.

«Atalanta»

ad3

Gasperini joriy mavsumni omadsiz o‘tkazmoqda. Ayniqsa, muhim figuraga aylangan yigitlar – Xetebur va Gozensning yo‘qligi muhim o‘yinlarda pand berib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, u qadar mashhur bo‘lmagan nomlar, ammo o‘yin sxemasida bu yo‘qotish darrov aks etdi. Loteriyallarning yo‘qligi bois, «Atalanta» «Real»ga qarshi o‘yinda 4 ta himoyachi bilan to‘p surishga majbur bo‘ldi. Bunaqasi so‘nggi  2 yilda ilk bor ko‘zga tashlandi.

Yangi sxema yordamida klub «Verona»ni taslim etdi, ammo avvalgi tomoshabop futbolni namoyish etgani yo‘q. O‘sha bahsda jamoa brak uzatmalar borasida o‘z rekordini qo‘ydi. Paslarning 67 foizigina o‘z manziliga etib borgan xolos.

Eng muhimi, «Yuve»ga qarshi o‘yinga qadar yangi sxemaga to‘liq moslashib olish. Sababi, «Atalanta» «avtobus» qo‘yishni bilmaydigan jamoa. Ochiq futbol «zebralar» uchun ayni muddao. Bunday vaziyatda yangi sxemaga tezroq moslashib olishdan boshqa echim ko‘rinmayapti. To‘g‘ri, «Atalanta» uchun EChL yo‘llanmasi naqddek, biroq eng muhim pallada Gasperinining rejalari ish bermay qolishi mumkin.

«Napoli»

ad4

Yaqindagina klub rahbari Aurelio Di Laurentis yangi bosh murabbiy izlash bilan band bo‘ldi. Gattuzo bundan ranjigan, hatto ochiqchasiga media olamda so‘zga ham chiqqan edi. «Napoli» Osimxen va Mertens jarohat olgach, o‘yinini yo‘qotib qo‘ydi. Boz ustiga, Jennaro ko‘zidagi jarohati sababli mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok eta olmadi.

«Atalanta»dan farqli o‘laroq, «Napoli» so‘nggi turlarda o‘ziga kelmoqda. Jarohat olganlar safga qaytdi. Gattuzoning ko‘zidagi muammo vaqtincha bartaraf etildi. Lorentso Insine ham super formaga kirib oldi. Neapol jamoasi o‘ziga kelishni boshladi.

Qo‘shimchasiga, taqvim ham qolganlarnikidan ancha engilroq. «Yuventus» va «Inter»ni inobatga olmasa, barcha raqiblar deyarli autsayderlar. Agar jamoa tempni tushirib yubormasa, bemalol kumush medallar uchun kurash olib borish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!