
Ibragimovichning xotini uni qaysi jamoaga o‘tishini xohlamoqda?
"Los-Anjeles-Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovichning xotini uni "Milan"ga qaytishini xohlamoqda.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 38 yoshli shvetsiyalik futbolchining turmush o‘rtog‘i uni “Bolonya”ga emas, balki “Milan”ga qaytishi tarafdori.
Eslatib o‘tamiz, kelasi oy Ibragimovichning AQSh klubi bilan tuzgan shartnomasi o‘z yakuniga etadi va shundan so‘ng u jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Zlatan 2010-2012 yillarda “Milan”da to‘p surgan.
Fikrlar