Ibragimovich o‘z brendi ostida yangi mahsulot chiqardi
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich o‘z brendi asosida yangi maxsulot – quyoshdan himoya qiluvchi krem chiqardi.
Shvetsiyalik futbol yulduzining so‘zlariga ko‘ra ushbu krem yordamida bemalol quyosh ostida sport bilan shug‘ullanish mumkin.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Ibragimovich joriy mavsum "Los-Anjeles Gelaksi" safida 10ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar