Ibragimovich: MYu - "Barselona" o‘yini Pogba - Messi qarama-qarshiligiga aylanadi

  • 9 aprel, 2019, 19:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyatini "Los-Anjeles Gelaksi" klubida davom ettirayotgan hujumchi Zlatan Ibragimovich Chempionlar ligasi chorak finalida o‘zaro to‘qnash keladigan sobiq jamoalari - "Manchester Yunayted" va "Barselona" klublari o‘rtasidagi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Manchester Yunayted” va “Barselona” bular shonli tarixga ega ikkita ajoyib jamoalardir. Ular o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish yoqimli bo‘ladi.

Messi “Barselona”ning muhim futbolchisi hisoblanadi, MYu o‘yinini esa Pogba nazorat qiladi. Garchi futbol jamoaviy o‘yin hisoblansada, aynan mana shu futbolchilar o‘yin taqdirini hal qilishadi”, - deydi shvetsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” – “Barselona” bahsi ertaga “Old Trafford”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!