
IBF ning yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarni band etgan?
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning oktyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi.
Yangi reytingga ko‘ra, reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vaznda ringga ko‘tariladigan Qudratillo Abduqahhorov o‘z vaznida birinchi o‘rinni saqlab qoldi.Chempion esa, Errol Spens hisoblanadi. Abduqahhorov ayni vaqtda WBC reytingida beshinchi, WBO da esa 11-pog‘onada qayd etilgan.
Qudratullodan bir pog‘ona past vazn toifasida, ya’ni super engil (- 63,5 kg)da o‘z janglarini o‘tkazadigan Shohjahon Ergashev mazkur yo‘nalish reytingida 6-o‘rindan joy oldi. Shohjahon ayni vaqtda WBA reytingida oltinchi, WBO da o‘n birinchi va WBC yo‘nalishida 28 o‘rinda e’tirof etilgan. Mazkur vazn toifasidagi yana bir vakilimiz Shahram G‘iyosov avvalgi oydagi kabi 15-o‘rinda qayd qilindi. G‘iyosov WBA reytingida ettinchi, WBC reytingida esa 22-pog‘onadan o‘rin olgan.
IBF reytingidan boshqa bokschilarimiz o‘rin olishmagan.
Fikrlar