IBF chempionini "uxlatib" qo‘yishdi (nokaut videosi)

  • 5 iyun, 2022, 11:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim engil vazn toifasida (58,9 kg) IBF chempioni yaponiyalik Kenishi Ogava (26-2-1, 18KO) va da’vogar britaniyalik Jo Kordina (15-0, 9KO) o‘rtasidagi jang o‘z nihoyasiga etdi. Uelsning Kardif shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boks oqshomi asosiy jangi hisoblangan ushbu bahs uzoq davom etmadi. 2-raundning o‘rtalarida Kordinaning o‘ng qo‘l to‘g‘ridan yo‘llangan zarbasi Ogavani ringga qulatdi va uni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Hakam esa jangni muddatidan oldin to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa ushbu vaznda Jo Kordina yangi IBF chempioniga aylandi.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!